"Tottenxem" "Atletiko" futbolchisi bilan kuchayishi mumkin

Alisher
16 apr 2022
"Tottenxem" "Atletiko" himoyachisi Mario Ermosoga qiziqish bildirmoqda.

"Shporlar" yozgi transfer oynasida chap oyoqda o'ynaydigan markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashmoqchi va 26 yoshli ispaniyalik nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Ermoso 2021/22 yilgi mavsum "Atletiko" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 25 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail