"Tottenxem" Angliya termasi posbonini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025
"Vulverxempton" va Angliya termasi posboni Sem Jonston "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Mirror" ma'lumotiga ko'ra, 31 yoshli posbon "shporlar"ning yanvar oyidagi eng asosiy maqsadiga aylanadi. Jonston orqali "Tottenxem" darvozabonlar o'rtasidagi raqobatni oshirmoqchi.

Ushbu mavsumda golkiper APLning 7 o'yinida qatnashib, darvozasidan 17ta gol qo'yib yubordi. Jonstonning "bo'rilar" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror