"Tottenxem" Alderveyreld ruxsatisiz u bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2019
"Tottenxem" rasmiy sayti himoyachi Tobi Alderveyreld bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Belgiyalikning "shporlar" bilan kelishuvi 2019 yilning yozida yakuniga etishi kerak edi va unda bitimni avtomatik ravishda bir yilga uzaytirish bandi bo'lgan. "Tottenxem" bu imkoniyatdan foydalandi va futbolchi ruxsatisiz shartnomani uzaytirdi.

Bitim uzaytirilgandan so'ng 29 yoshli himoyachini sotib olmoqchi bo'lgan klub 25 mln. funt to'lab, Alderveyreld o'z safiga qo'shib olishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com