"Tottenxem" 29 million evrolik transferni amalga oshiradi

Alisher
16 iyun 2022
"Tottenxem" yarim himoyachi Iv Bissumani "Brayton"dan transfer qilishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, bugun to'lov shartlari bo'yicha klublar o'rtasidagi yakuniy muzokaralar bo'lib o'tadi.

O'yinchining tibbiy ko'rikdan o'tishi allaqachon rejalashtirib bo'lingan. Transfer narxi 29 million evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Bissuma 2021/22 yilgi mavsum "Brayton" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano