

“Tottenxem” jahondagi eng qimmat futbol brendlarining 20 taligiga kiradi. Aniqrog'i klub ushbu reytinda 11-o'rinda turadi. Shunga qaramay bizning maydon boshqalarnikiga nisbatan kichikroq.
Ayni paytda “Uayt Xart Leyn” maydoniga 36,5 ming tomoshabin sig'adi va u har doim to'lib toshadi. O'yinlarga kiradigan tomoshabinlar miqdori ko'payib bormoqda. Ushbu mavsumdaga o'yinlarga 40 ming tomoshabin kirishni rejalashtirgan.
Shu sababli biz 2017 yilda yangi maydon qurishni rejalashtirdik va buning uchun er ham sotib olingan. Loyihaning umumiy miqdori 400 million funt deb baholanmoqda”, - deydi Kallen.



