“Tottenhem” qatorasiga beshta o'yinda buyon g'alaba qozona olmayapti

APL 29-turi doirasida “Tottenhem” safarda “Byornli” bilan (1:1) murosa yo'lini tanladi.

Bu bilan Joze Mourinyo jamoasining g'alabasiz seriyasi beshta o'yinga etdi – uch mag'lubiyat, ikki durang. Dekabr-yanvar oylarida “shporlar” 4 o'yinlik g'alabasiz seriyani qayd etishgandi.

So'nggi marta londonliklar 16 fevral kuni safarda “Aston Villa”ni (3:2) taslim etishgandi.

“Tottenhem” 41 ochko to'plab, ayni paytda APL turnir jadvalida 8-pog'onani band etib turibdi.


Manba: sports.ru