Totalizatorda ishtirok etgani uchun Starrij jazolandi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2019
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij bukmekerlik kontoralarida stavka qo'yishda ishtirok etgani uchun jazolandi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchini 6 haftaga diskvalifikaciya qilishgan va 83,5 ming evroga jarimaga solishgan.

Qayd etilishicha, angliyalik futbolchi akasiga o'zining "Sevilya"ga transferi borasida xabar bergan va akasini ushbu holat uchun stavka qo'yishga undagan.

Eslatib o'tamiz, Starrij ayni damda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian