Toshkentda OFK bolalar va ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan musobaqa o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
15 may 2015
16 may kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi futbol maydonida OFK bolalar va ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan musobaqa o'tkaziladi.

Ushbu turnirda 2006 – 2007 yillarda tavallud topgan o'g'il bolalar hamda 2002 – 2003 yillarda tug'ilgan qizlardan tuzilgan futbol jamoalari ishtirok etadi.

Turnirga mamlakatimizning ko'plab bolalar futbol maktablaridan jamoalar tashrif buyuradi.

Musobaqada jami 200dan ortiq bolalar qatnashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com