Toshkentda “Hamdo'stlik kubogi – 2018” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2018
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

Xususan, Toshkentning “Spartak” klubi bilan hamkorlikda “Hamdo'stlik kubogi – 2018” musobaqasi tashkil qilinmoqda.

Ushbu musobaqada yurtimiz jamoalari bilan birgalikda qo'shni Qozog'iston, Tojikiston, Rossiya va Qirg'izistondan tashrif buyurgan jamoalarning 14 yoshgacha bo'lgan futbolchilari ishtirok etishadi. Musobaqa 1 noyabrdan 7 noyabr kuniga qadar davom etadi.

“Spartak”, “Spartak 2”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishsa, qo'shni respublikalardan “Ontustik akademiyasi” (Qozog'iston), BJMORSM #8 (Qozog'iston), “Akademiya YUG” (Qirg'iziston), “Ilbirs” (Qirg'iziston), “Guliston” (Tojikiston), “Xo'jand” (Tojikiston), DYUSSHKBGO (Rossiya) jamoalari ishtirok etishadi.

Qur'a natijalariga ko'ra jamoalar quyidagi guruhlardan joy olishdi:
 
“A” guruhi
“Paxtakor”
“Lokomotiv”
“Ontustik akademiyasi”
“Akademiya YUG”
 
“V” guruhi
“Bunyodkor”
“Spartak 2”
“Guliston”
“Ilbirs”
 
“S” guruhi
“Spartak”
DYUSSHKBGO
BJMORSM #8
“Xo'jand”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz