Toshkent viloyatida hakamlar uchun seminar tashkil qilindi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018, 11:10
Kecha Olmaliq shahrida Toshkent viloyati hakamlari uchun mavsumning ikkinchi qismi oldidan seminar tashkil qilindi.

Seminar avvalida Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Botir Mahmudov mavsumning birinchi qismida o'zini ko'rsatgan uch nafar referiga maqtov yorliqlarini topshirdi. A. Bobomurodov, A. Saidov va D. Abdug'anievning qilgan mehnatlari etirof etildi.

Kunning birinchi qismida hakamlarning nazariy bilimlari sinovdan o'tkazilgan bo'lsa, tushlikdan so'ng amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Kun oxirida hakamlar "Ammafos-Maksam" (Olmaliq) - "Rubin" (Qibray) jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqargan hamkasblarining harakatlarini tahlil qilishdi.

Seminarda viloyatning 23 nafar hakami ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Тошкент вилояти ФА матбуот хизмати