Toshkent futboli. "Yulduzlar Ligasi". 3-tur natijalari

Xayrulla Xoliqov
2 apr 2018
Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 2002, 2003, 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi "Yulduzlar Ligasi" musobaqasida 3-tur bahslari o'tkazildi.

Ma'lumki, ushbu musobaqa 11 mart kuni start olgandi. O'yinlar uchta stadionda bo'lib o'tmoqda. 2002 va 2003 yilda tug'ilganlar "Bunyodkor" stadionida, 2004 yilda tug'ilganlar "Chilonzor" stadionida, 2005 yilda tug'ilganlar esa ROZSK maydonida o'z uchrashuvlarini o'tkazmoqda.

Quyida mazkur to'rtta yosh toifasidagi bahslarning 3-turida qayd etilgan natijalarini keltirib o'tamiz. Eslatib o'tamiz, "Yulduzlar Ligasi"da har bir yosh toifasida oltitadan jamoa ishtirok etyapti.

2002 y. U-16. "Bunyodkor" stadioni. 3-tur. 1 aprel
"Lokomotiv" – "Bunyodkor-B" 6:0
"Paxtakor" – ROZSK 5:0
"Bunyodkor A" - GFSSHI 6:1

2003 y. U-15. "Bunyodkor" stadioni. 3-tur. 1 aprel
"Paxtakor" – "Paxtakor-2" 6:0  
ROZCK - "Spartak" 3:1
"Bunyodkor-B" - "Bunyodkor" 1:4

2004 y. U-14. "Chilonzor" stadioni. 3-tur. 1 aprel
"Bunyodkor" – ROZCK 0:2
"Spartak" – "Paxtakor" 0:4
"Lokomotiv" - BO'SM-16 1:1

2005 y. U-13. ROZSK stadioni. 3-tur. 1 aprel
"Bunyodkor" - "Spartak" 0:1
BO'SM 16 - "Paxtakor" 2:0
GFSSHI  - "Lokomotiv" 1:0


Musobaqa jadvalini mana shu havola orqali ko'rishingiz mumkin.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Тошкент шаҳар ФФ