Alonso "Real" mashg'ulotlarining birida: "Bolalar bog'chasini boshqaraman deb o'ylamagandim!"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2026, 15:16
Xabi Alonso "Real" futbolchilarining mashg'ulotlardagi ishidan norozi bo'lgan.

Xabi Alonso va "Real" futbolchilari o'rtasidagi kelishmovchiliklarning yangi tafsilotlari ma'lum bo'ldi. Eslatib o'tamiz, dushanba kuni madridliklar bosh murabbiyi ikki tomonlama kelishuvga ko'ra lavozimini tark etgan edi.

Marca nashrining yozishicha, Alonso va o'yinchilar o'rtasidagi ziddiyat noyabr oyidayoq ko'zga tashlana boshlagan. Mashg'ulotlardan birida ispaniyalik mutaxassis jahl ustida: "Men bolalar bog'chasiga murabbiylik qilaman deb o'ylamagandim!" - deya xitob qilgan.

Qayd etilishicha, Xabi anchadan beri futbolchilar uning mashg'ulotlardagi, ayniqsa, taktika borasidagi talablarini bajarmayotganidan g'azablangan.

Futbolchilar esa, o'z navbatida, taktik mashg'ulotlarni haddan tashqari og'ir deb hisoblashgan va juda ko'p ma'lumot berilayotganidan shikoyat qilishgan. Nafaqat bosh murabbiy, balki uning yordamchilari ham har bir detalga o'ta sinchkovlik bilan yondashgani va mashg'ulot jarayonini ko'pchilik nazorat qilgani o'yinchilarga "noqulaylik" tug'dirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca