Torres: "Atletiko" "Barselona"ga taslim bo'lmaydi"
Aziz Tukhtamuradov
31 yanv 2017, 21:37
"Atletiko" futbolchisi Fernando Torres "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya kubogining yarim final o'yini haqida gapirib o'tdi.
"Atletiko" "Barselona"ga taslim bo'lmaydi. Albatta, men o'z kuchimizga ishonaman. "Visente Kalderon"da bizni ajoyib kecha kutib turibdi. Biz barchasini to'g'ri qilmoqdamiz. Qirol kubogida g'olib chiqa olishimizga ishonaman", - deydi futbolchi.