

Ha, biz Belotti borasida taklif oldik, ammo uning narxi bundan baland.
Hozircha uni hech qaerga qo'yib yubormoqchi emasmiz, kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz. Andrea unga taklif qilingan puldan qimmatroq turadi, – deydi Petrachi.
23 yoshli futbolchining Torino bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Belottining tovon puli 100 million evro etib belgilab qo'yilgan.
Bu mavsumda hujumchi Italiya A seriyasida 17ta o'yinda 13ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.




