Toni Pulis: Maydonga tushgan Aston Villa muxlislari – aqlsiz ahmoqlar

Narzulla Saydullayev
8 mar 2015
Vest Bromvich bosh murabbiyi Toni Pulis Angliya kubogi chorak finalida Aston Villaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Maydonga yugurib tushgan muxlislar – aqlsiz ahmoqlar. Bu sharmandalik. Bunday holatlar boshqa bo'lmasligi kerak.

Bu futbolchilarning hayotini xavf ostiga qo'yadi. 70 va 80-yillarda nima bo'lganini eslasangiz, nima deyayotganimni tushunasiz.

Angliya Futbol assotsiatsiyasi mensiz ham bu vaziyatga e'tibor qaratadi, – deydi Pulis.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru