Tonali "Milan" o'yinlariga pul tikkanini tan oldi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2023, 14:59
"Nyukasl" yarim himoyachisi, avvalroq "Milan"da o'ynagan Sandro Tonali futbolga pul tikkanini ta'kidladi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.

23 yoshli italiyalikning so'zlariga ko'ra, u o'zi maydonda bo'lganida "Milan" g'alabalariga pul tikkan. Agar Tonalining so'zlari tasdiqlansa, u APLdan bir yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

12 oktyabr kuni Tonali va uning Italiya terma jamoasidagi sherigi Nikolo Zanolo noqonuniy pul tikishda ayblangandi. Italiya OAV Tonali qimor o'yinlariga qaramlikdan davolanishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishdi.

Italiya terma jamoasi xavbeki 2020 yildan 2023 yilgacha "Milan"da o'ynagan. Yozda u "Nyukasl"ga ko'chib o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport