Tomash Rosicki: "Arsenal"da yana bir necha yil o'ynamoqchiman"
Tolibjon Qosimov
4 mar 2014
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomash Rosicki shu hafta "kanonirlar" bilan shartnomasini uzaytiradi.
- Venger meni jamoada qolishimni istaydi. Bu mening ham istagim. Umid qilamanki, yangi shartnoma borasida barcha detallarni shu hafta yakunlaymiz. "Arsenal" safida yana bir necha yil o'ynamoqchiman, - deydi Rosicki CTK nashriga.