Tomas Tuxel "Bavariya" dedlayn kunida transferlarni amalga oshira olmagani haqida: "Tarkibimiz juda tor"

Mirjalol Normatov
3 sen 2023, 11:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubning dedlayn kunidagi omadsizliklari haqida gapirdi.

"Kimnidir barmoq bilan ko'rsatib, uni jazolashdan mano yo'q. Hech kim aybdor emas. Buni taxlil qilishdan ham mani topib bo'lmaydi. Televizion studiyalarda ham buni gapirishdan foyda yo'q. Undan tashqari bu mening ishim ham emas.

Bilaman, Joau Palinya bizga ko'p narsalar bera olishi, katta foyda keltirishi mumkin edi. Uning sifatlariga ishonamiz. Bizda hujumkor futbolchilar ko'p, ammo himoyachilar yetishmayapti", - dedi Tuxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ZDF sportstudio