

"Vaqtida Neymarning ashaddiy muxlisi bo'lganimni tan olish kerak. O'shanda u "Barselona"da to'p tepardi. Biroq PSJda, menimcha, u mo'jizasini yo'qotdi. Avvalgi darajasiga qaytish uning o'ziga bog'liq.
PSJ meni o'shandagi klubning sport direktori Leonardoning qarori tufayli tarkibdan chiqarib yubordi. Sababi men shartnomamni uzaytirishni istamayotgandim. Barchasi mensiz o'tdi, jumladan YCHL finali ham, vaholanki men u yerda bo'lishga haqli edim.
Shaxsan menga Parijni tark etish oson bo'lmadi. Oilam va o'zimga shahar juda maqul kelgandi. Ammo vaqt o'tishi bilan oilamiz bunga ko'nikdi", – dedi kicker"ga bergan intervyusida "Borussiya" himoyachisi.



