To'labek Akromov: “Bizda ham shunday shou tadbirlarini o'tkazsa bo'lar ekan-ku”

Narzulla Saydullayev
24 dek 2015
Kechagi xayriya tadbirida qatnashgan “Lokomotiv” klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akromov o'z fikrlarini bayon qildi.

“Avvalombor mana shu tadbirni o'tkazgan sayt xodimlariga katta rahmat aytaman. Bunday tadbirlarni faqat internet orqali Yevropa futbolchilari ishtirokida o'tkazilib kelinishini ko'rganman. Mana bizda ham shunday shoularni o'tkazsa bo'larkan-ku. Tadbir a'lo daraja o'tdi, xayriya akciyasining tashkilotchisi Nodirxo'ja Yuldashevga minnatdorchilik bildiramiz. O'yin ham tomoshabop o'tdi, Hasanjonga faqat sog'lik tilab qolaman, umri uzoq bo'lsin, operaciyadan so'ng uni albatta “Lokomotiv” bolalar maktabiga qabul qilishimizni otasiga aytib o'tdim. Hasanjon bilan maxsus dastur asosida futbol saboqlari beriladi, futbolchi bo'lmasa balkim etuk murabbiyi bo'lib etishsa ajab emas. Buning uchun biz qo'ladan kelagnicha yordam beramiz”, - deydi To'labek Akromov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia