Tojikiston U-23 terma jamoasining Dohadagi yig'iniga "Neftchi", "Andijon" va "Metallurg" futbolchilari ham chaqirildi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2024
15 apreldan 3 mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Tojikiston olimpiya terma jamoasi ana shu musobaqa oldidan yakuniy yig'inni o'tkazish maqsadida Qatar poytaxti Dohaga yetib bordi.

Bosh murabbiy Mubin Ergashev yig'inga 24 nafar futbolchini taklif etgan. Ulardan 7 nafari legioner. Legionerlar orasida "Neftchi" himoyachisi Manuchehr Safarov, "Andijon" hujumchisi Shahrom Samiev va "Metallurg" hujumchisi Daler Sharipov ham bor.

Tojikiston U-23 terma jamoasi musobaqaning "S" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Tailandga qarshi bahs olib boradi. Aynan mana shu guruh vakillari chorak finalda O'zbekiston U-23 terma jamoasi joy olgan guruhdagilarga qarshi maydonga tushadi.

Tojikiston U-23 terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Muhriddin Hasanov ("Istiqlol"), Safarmad Gafforov ("Xo'jand"), Muxammadrabi Rahmatulloev ("Ravshan");

Himoyachilar: Manuchehr Safarov ("Neftchi", O'zbekiston), Mehrubon Karimov ("Samgurali", Gruziya), Sodiqjon Qurbonov ("Istiklol"), Rahmatsho Rahmatzoda ("Ravshan"), Haydar Sattorov, Bekmurod Xaitov (ikkisi – "Vaxsh"), Faxriddin Axtamov ("Xo'jand"), Jonibek Sharipov (SSKA);

Yarim himoyachilar: Alisher Shukurov ("Dinamo", Gruziya), Ruslan Xayloev ("Tyumen", Rossiya), Jomi Nazarov ("Sarria", Ispaniya), Amadoni Kamolov ("Istiqlol"), Azizbek Xaitov ("Ravshan"), Shuhrat Elmurodov, Faridun Davlatov (ikkisi – "Regar-TadAZ"), Shoxrux Sangov, Toxirjon Tagoyzoda (ikkisi – "Xosilot");

Hujumchilar: Shahrom Samiev ("Andijon", O'zbekiston), Daler Sharipov ("Metallurg", O'zbekiston), Rustam Soirov, Mexron Madaminov (ikkisi – "Istiqlol").


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/fft_official