Tojikiston Oliy ligasi: "Buxoro" sobiq futbolchisining dubli Levchenko shogirdlariga g'alaba keltirdi

Оқил Абдубарноев
9 may 2026, 22:53
Tojikiston Oliy ligasining 8–turi doirasida Dushanbening "Istiqlol" klubi o'z maydonida Hisorning "Barqchi" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur bahsda "Istiqlol" sharafini himoya qilayotgan xorvatiyalik legioner Frane Ikich o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uchrashuvning 18– va 61–daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qilgan markaziy himoyachi o'z hisobiga dubl yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, bosh murabbiy Vitaliy Levchenko shogirdlari navbatdagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, 31 yoshli Frane Ikich o'zbekistonlik futbol muxlislariga ham yaxshi tanish hisoblanadi. U joriy yilning fevral oyida Tojikiston jamoasi safiga kelib qo'shilgunga qadar O'zbekiston Superligasi vakili "Buxoro" klubida to'p tepgan edi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia