

Tez orada ishga tushiriladigan "Futbol" telekanali faqat futbolga bag'ishlangan va yuqori aniqlikda (HD) taqdim etiladigan Tojikistondagi birinchi kanal bo'ladi.
Tojikiston futbol federatsiyasining "Futbol" telekanali faqat Tojikiston terma jamoasi, Tojikiston futbol ligasi o'yinlarini ko'rsatibgina qolmay, Osiyo Chempionlar ligasi, OFK Kubogi, Osiyo Kubogi uchrashuvlarini ham efirga uzatadi. Shu bilan birga "Futbol" telekanalida UEFA Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya Premer-ligasi, LaLiga, A Seriya, Bundesliga, Liga 1 (Fransiya chempionati) hamda Yevropa mamlakatlari chempionatlarining markaziy bahslarini tomosha qilish mumkin bo'ladi.
Futbolga moslashtirilgan telekanal efiriga klublar va terma jamoalar yulduzlari haqida ko'rsatuvlar namoyish etiladi.
Ayni damda "Futbol" telekanalini ishga tushirish uchun tayyorgarlik ishlari ko'rilmoqda.



