Timur Turdiev: "Bizdan farqli ravishda "Yangier" yaratgan vaziyatlaridan foydalana oldi"

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021, 19:38
Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Aral Samali" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalo "Yangier" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ilk daqiqalardagi xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Tezkor gollar o'yinni boshqacha kechishini taminladi. Natijada yigitlar o'zlariga ishonmasdan to'p tepa boshlashdi. Ikkinchi bo'lim oxirida o'yinimizni kuchaytirdik, lekin vaqt kam qolgandi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib esa foydalandi. 

Navro'z Alimov 90 daqiqa o'ynaydigan formada emas. O'yinni kuchaytirish uchun zaxirada qoldirgandik. Ko'rgan bo'lsangiz, o'yinni jonlantira oldi. 

So'nggi daqiqalarda belgilanmagan penalti bo'yicha etirozlarimizni yozamiz. O'ylaymanki, hakamlar qo'mitasi buni ko'rib chiqadi. Adolatli qaror qabul qilishadi. Lekin natija saqlanib qoladi. Ko'ramiz va kuzatamiz", – deydi Timur Turdiev.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia