

Qur'ada O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi. Biz terma jamoamiz ustozining qur'a haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Qur'a yaxshi o'tdi, menimcha har bir jamoada imkoniyat bor. Katta ustunlikka ega jamoalar deyarli yo'q. To'g'ri, Qatar va Saudiya Arabistoni uyda o'ynaydi. Albatta ularda imkoniyat ko'proq desak ham bo'ladi. Qatar guruhida BAA, O'mon, Saudiya Arabistonining guruhida Iroq, Indoneziya kabi yaxshi jamoalar bor. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Barchasini vaqt ko'rsatadi",- deydi Timur Kapadze.




