Timur Kapadze: "O'yin tomonlama "Nasaf"ni etirof etaman, mavsum o'rtacha o'tmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
22 noya 2024, 14:40
O'zbekiston OTJ va "Olimpik" sobiq ustozi Timur Kapadze ham kecha "Paxtakor" - OKMK uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi.

Ayni paytda yangi bilimlarni o'zlashtirayotgan, malakasini oshirayotgan murabbiyning mavsum haqidagi taassurotlarini tingladik. 

- Menimcha, chempionat o'rtacha taassurot qoldirmoqda. O'tgan mavsum nisbatan oxiri qiziqarliroq o'tgandi. Chempionlik intrigasi uzoqroq saqlanib turgandi. Bu mavsum ham qiziqarli o'tyapti deyish mumkin. "Nasaf" chempion, lekin qolgan o'rinlar egalari hali aniq emas. Turnir jadvali pastida ham shunday vaziyat. Saviya taraflama maydonlarning yozdan keyin sifati yomonlashgani ta’sir qildi. 

- Katta syurpriz  jamoalar deyarli ko'rinmadi. "Nasaf" tarixiy natija qayd etdi. Niyatiga etdi. Bu chempionat bezagi bo'ldi. Quyidagi jamoalarning jon saqlash uchun kurashayotgani kutilmagan bo'ldi deya olaman, chunki ular tarkib, moliyaviy holat taraflama kuchli jamoalar. Uslub, o'yin taraflama "Nasaf" barqaror o'ynadi. Qolgan jamoalarda qayerdadir omadsizliklar uchrab turdi. O'yin tomonlama "Nasaf"ni etirof etgan bo'lardim.

- Yangi jamoalardan takliflar borasida gap-so'zlar yo'q, chunki hali tur davom etmoqda. Mavsum tugagach aniq bo'ladi. Har bir jamoaning o'z murabbiyi bor. Murabbiy bor joyga harakat qilmayman va bu noto'g'ri deb o'ylayman. To'g'ri, xohish-istaklarimni so'rashdi. Qolgan masala mavsum tugagach. Jamoalar murabbiysiz bo'lsa gaplashib ko'ramiz. 

- SSKAdagi amaliyot yaxshi va foydali bo'ldi. Ulardan oladigan, o'rganadigan narsalarim bor edi. Gaplashdik, bir-birimizga bilganlarimizni bo'lishdik. Hozirda viza chiqishini kutyapman va yana xorij jamoalariga boraman. Eng yaxshi chempionatlarga borishni rejalashtirmoqdaman. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia