Timur Kapadze: "Birinchi navbatda muhtaram Prezidentimiz va xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman"

Mirjalol Normatov
5 iyun 2025
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Assalomu alaykum. Birinchi navbatda muhtaram Prezidentimiz va xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo'l bosib o'tilgan edi, ammo bugunga nasib qilgan ekan. Barcha futbolchilarga rahmat. Bu g'alaba hammamizniki. Har bir O'zbekistonlik biz uchun duoda bo'ldi. Bu bizga katta kuch berdi. Rahmat", - deya fikr bildirishni boshlagandi Timur Kapadze, shu vaqtda futbolchilar matbuot anjumani xonasiga kirib, suvseparni boshlab yuborishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia