Timur Kapadze "Paxtakor"ga qarshi qanday natijalar qayd etgan?

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026, 14:45
Turning markaziy o'yiniga oid faktlar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz.

"Navbahor" ustozi Timur Kapadze shu kunga qadar bosh murabbiy sifatida "sherlar" bilan 6 marotaba to'qnash kelgan. Bu bahslarda mutaxassis boshqargan jamoalar ichida "Olimpik" bir bor g'alaba qozongan. Qolgan bahslarda 3 mag'lubiyat va 2 durang qayd etilgan. 

2021. "Olimpik" - "Paxtakor" 0:1 (O'zbekiston Kubogi)

2022. "Olimpik" - "Paxtakor" 1:1

2022. "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1

2023. "Paxtakor" - "Olimpik" 2:3

2023. "Olimpik" - "Paxtakor" 0:2

2024. "Olimpik" - "Paxtakor" 1:2

Ma'lumot uchun, bugungi bellashuv "Paxtakor" stadionida 20:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia