

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan, himoyachining o'zi ham mankunianliklar tarkibiga o'tishga tayyor bo'lgan. Ammo Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchiga agarda APLning biror turida ishtirok etmaydigan bo'lsa, JCHda ishtirok etmasligi mumkinligini bildirgan.
Doimiy o'yin amaliyoti sababli Timber "Ayaks"da qolmoqchi. Shu sababli amstyerdamliklar 21 yoshli futbolchiga yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda.
Oldinroq ma'lum bo'lishicha, MYU himoyachi uchun 50 million evro to'lashga tayyor turgandi.



