Tiago Silva PSJ haqida: “Futbolda pul bilan g'oliblikni qo'lga kiritib bo'lmaydi”

Eldor Akmurzayev
6 apr 2022, 08:00
“Chelsi” a'zosi Tiago Silva sobiq jamoasi PSJning YCHLni erta tark etgani haqida fikr bildirdi.

“Biz kabi PSJni qo'llab-quvvatlovchilar uchun kutilmagan mag'lubiyat va bunga ishonish qiyin.

Har yili bu takrorlanadi. Jamoani kuchaytiruvchi jihatlar bor, ammo haddan tashqari ko'p o'zgarish qilish o'rinsiz. Futbolda har safar noldan boshlash mumkin emas.

PSJda pul ko'p, lekin futbolda ular g'oliblikka erisha olmayapti. Titullar bunday qo'lga kiritilmaydi.

Klub Fransiyada barcha narsani yuta oladi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish lozim, lekin bunga erishish u qadar oson ish emas”, deydi braziliyalik himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Silva 2020 yil yozda parijliklarni tark etib, o'tgan mavsum “Chelsi” bilan YCHLda g'olib bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Foot Mercato