Tiago Silva: Agar shunday o'ynashda davom etsak YCHLni yutishimiz mumkin

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015
PSJ sardori Tiago Silva YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan Chelsiga qarshi javob o'yinidan so'ng (2:2, birinchi o'yin 1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Jamoani tabriklayman! Bu raqibga qarshi tengma-teng o'ynash qiyin, kamchilikda o'ynash undanda qiyin.

Ajoyib o'yin o'tkazdik, xarakter ko'rsata oldik. Tarkibimizda raqibni ranjitishi mumkin bo'lgan futbolchilar ko'p, biroq bugun ruhiy tomonlama g'alaba qozondik.

Agar shunday o'ynashda davom etsak YCHLni yutishimiz mumkin. Bu asosiy maqsadimiz, – deydi Silva.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru