The Guardian nashri Lamin Yamal, Pau Kubarsi va o'zbekistonlik futbolchini bitta ro'yxatga kiritdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2024
The Guardian 2007 tug'ilgan eng istedodli 60 futbolchining nomini e'lon qildi.

Ular orasida Lamin Yamal ("Barselona"), Pau Kubarsi ("Barselona"), Mark Bernal ("Barselona"), Joan Martinez ("Real Madrid"), Sheyn Klyuyvert ("Barselona"), Talal Hoji ("Al Ittihod") Alfonso Montero ("Yuventus") kabi futbolchilar bor.

E'tiborlisi, ushbu ro'yxatdan O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi futbolchisi Azizbek To'lqinbekov ham o'rin olgan.

"Bugungi kunda O'zbekistonda yosh futbolchining ajralib turishi oson ish emas, sababi bu mamlakat iqtidorlarni rivojlantirish borasida obro' qozonmoqda. To'lqinbekov esa o'tgan yil U-17 Jahon chempionatida to'liq o'ynagan. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi mundial nimchorak finalida Angliya to'sig'idan o'tib, chorak finalda Fransiyaga kichik hisobda yutqazishgandi. Hozirga kelib Azizbek O'zbekiston U-20 terma jamoasiga o'tdi va "Bunyodkor" klubi tarkibida Superligada muntazam o'ynab kelmoqda. U to'pga egalik qilishda xotirjam va o'yinni yaxshi o'qiy oladi. Himoyada ishonchli o'ynaydi, ammo yarim himoyada ham o'zini erkin his qiladi", - deb yozadi The Guardian nashri.




"The Guardian" talqini bo'yicha 2007 yilda tug'ilganlar orasida eng istedodli 60 futbolchi


Ma'lumot uchun, 2019 yilda The Guardian nashri o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinov ham mana shunday ro'yxatga qo'shgan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia