Teves “Boka Xuniors” bilan kelishuvni uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
9 avg 2020
Argentinalik taniqli hujumchi Karlos Teves Buenos-Ayres shahri jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

Bu haqda futbolchining agenti xabar bermoqda.

“Karlos yangi shartnomaga imzo chekdi, xeppi-end (baxtli yakun)”, deya yozgan o'z sahifasiga agent.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 36 yoshli argentinalik bilan kelishuv 2021 yilning yozigacha uzaytirilgan. Yakunlangan mavsum u Argentina chempionatida 17 o'yinda qatnashib, 9+2 natija ko'rsatgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24