Teves Agueroni futbolga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2024
"Manchester Siti" va "Barselona" sobiq hujumchisi Serxio Aguero futboldagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Kun 2021 yil dekabr oyi o'rtalarida yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli butsalarini mixga ilgandi.

Kardiolog Agueroga maydonga qaytish imkoniyati borligini aytdi. Shundan so'ng Serxio Argentinada bo'lib o'tgan "Independente" – "Racing" uchrashuvida ko'zga tashlandi. Manbaga ko'ra, Aguero o'zining "Manchester Siti" va Argentina terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Karlos Teves murabbiylik qilayotgan "Independente" safida bir qancha o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish uchun futbolga qaytishga harakat qilishi mumkin.



"Independente" – Aguero tarbiya topgan klub, u faoliyatini shu yerda yakunlash uchun ushbu jamoa bilan xayrlashuv o'yinini o'tkazmoqchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo