Terri Anri Vinisius bilan bog'liq irqchilik hodisasi haqida: "Men "Real"ni yoqtirmayman, lekin bugun madridistman"

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri "Real"ning "Benfika"ga qarshi o'yinida Vinisius Junior irqchilik haqoratlariga duch kelgani bilan bog'liq mojaroli epizodga izoh berdi.

Anri hissiyotli etirof bilan boshladi:

"Men "Real"ni yoqtirmayman, lekin bugun madridistman. Bu erda Vinisius Juniorning libosi ahamiyatga ega emas".

So'ng sobiq forvard "Benfika" futbolchisi Janluka Prestiannini javobgarlikka chaqirdi:

"Kel, sen qanday odam ekaningni ko'raylik, Prestianni. Nima deganingni ayt! Sen albatta nimadir degansan, chunki keyin Mbappega yaqinlashib: "Men hech narsa demadim", deding - bu nima degani? Nega og'zingni yopib olyapsan?"

Anrining takidlashicha, futbolchi qaysi klubda o'ynashidan qati nazar irqchilik haqoratlarini mutlaqo qabul qilib bo'lmaydi:

"Biz hammamiz "Benfika"ni hurmat qilamiz, lekin bir futbolchining individual harakatlarini javobsiz qoldirib bo'lmaydi. Agar sen irqchilik mazmunida nimadir degan bo'lsang, so'zlaring uchun javob berishing kerak".

Avvalroq "Benfika" vingeri Prestianni Vinisiusning aybloviga javob bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com