Terri Anri Fransiya yoshlar terma jamoasini boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2023
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri Fransiya yoshlar terma jamoasi murabbiyiga aylanishga yaqin.

La Parisien ma'lumotiga ko'ra, 21 avgust kuni 46 yoshli mutaxassisning murabbiy bo'lgani rasman e'lon qilinadi. 

Eslatib o'tamiz, Anri bungacha "Monako" va "Monreal Impakt" jamoalarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Shuningdek, Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Parisien