Terri Agueroning "Chelsi"ga o'tishiga to'sqinlik qilgan

Alisher
18 noya 2019
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi.

Angliyaning amaldagi g'olibidan tashqari "Atletiko"ning sobiq forvardiga "Chelsi" ham qiziqish bildirgandi. Agueroning "Manchester Siti"ga o'tishidan 2 yil avval "Chelsi" u bilan shartnoma imzolashga tayyor edi.

London klubi qiziq bir sabab tufayli transfyerdan voz kechgan. Agueroning transferiga o'sha paytdagi "Chelsi" himoyachisi Jon Terri qarshi bo'lgan.

U argentinalik futbolchi bilan maydonda bir necha bor to'qnash kelganini, ammo Aguero unda yaxshi taassurot qoldirmaganini aytgan. Terri Agueroning o'rniga yaqinda faoliyatini yakunlagan David Vilya bilan shartnoma imzolashni maslahat bergan.

Yakunda Vilya "Barselona"ga, Aguero esa "Manchester Siti"ga o'tgan.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic