

22 yoshli yarim himoyachiga Gretsiyaning AEK va La Liga 2 vakili "Andorra" klubidan qizish bo'lmoqda. Bu haqida Tomas Bullok xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, AEK o'tgan mavsum Gretsiya chempionatida 4-o'rinni qo'lga kiritgan.
"Andorra" klubi esa joriy mavsum La Liga 2 chempionatida debyut qiladi. Ushbu jamoaga Jerar Pike egallik qiladi.
Bo'riev joriy mavsum "Paxtakor" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning "sherlar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning oxirida yakunlanadi.



