Ter Stegen va "Barselona" o'rtasidagi munosabatlar taranglashganmi?

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2025
Mark-Andre ter Stegen "Barselona" bilan munosabatlari qanday ekanini aytdi.

Katalon klubining darvozaboni operaciya qilinadigan Bordo shahriga yo'l olmoqda. Jurnalistlar futbolchini Barselona aeroportida uchratib, unga klub bilan ehtimoliy mojaro haqida savol berishdi.


"Klub bilan munosabatlarim yaxshi, har doimgidek, o'zgargani yo'q", – dedi ter Stegen.

Darvozabon o'zining jismoniy ahvoli haqida ham gapirdi.

"Agar operaciya qilish kerak bo'lsa, demak biror muammo bor, shunday emasmi?" – deb qayd etdi darvozabon.

Avvalroq, Kataloniya klubi ter Stegen bilan xayrlashishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgandi. Uning “Barselona“ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport