

"Hech narsa o'zgarmagan. Sardor va jamoa lideri boshqalarga o'rnak bo'lish lozim. Men undan aynan shuni kutaman. U jamoaning muhim qismi, biz uning harakatlaridan qoniqdik. Endilikda Ronaldu yetakchi sifatida yanada muhimroq vazifani bajarishi kerak", dedi ten Xag.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o'yinga sardorlik bog'ichida chiqdi. Uchrashuv 3:1 hisobida “Aston Villa” foydasiga hal bo'ldi.
Joriy mavsum Ronaldu APLning 9 ta o'yinida maydonga tushib, bitta gol urdi.



