Ten Xag: "Kerak bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ydik"

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2022
MYU bosh murabbiyi Erik Ten Xag "Omoniya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik, ammo keyin kerak bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ydik. Bundan saboq chiqarishimiz kerak. Raqibda imkoniyat saqlanib turdi. Bunga yo'l qo'yib bermaslik kerak. 

Tanaffusda futbolchilarga ko'proq yugurish kerakligini aytdim. Ochilish imkoniga ega bo'lish uchun raqibni harakat qilishga majbur qilish lozim. Shuning uchun biz ikkita o'zgartirish amalga oshirdik. Bu o'zgarishlar o'yinga yaxshigina ta’sir qildi", - dedi ten Xag. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA