Ten Xag 35 yoshli Jonni Evans bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2024, 00:34
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadigan jamoaning 35 yoshli himoyachisi Jonni Evans bilan bitimni uzaytirmoqchi.

Evansning mankunianlar bilan kelishuvni uzaytirishi qiyin bo'ladi, sababi ten Xag avvaliga klubning yangi xo'jayini Jim Retkliffni bunga ko'ndirishi kerak.

35 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubga o'tgan yozda erkin agent maqomida o'tdi.

Evans joriy mavsum "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Star