

"Men hech qachon tarkibni musobaqalar bo'yicha ajratmayman. Bizda ayrim futbolchilar evrokuboklarda, boshqalari chempionatda o'ynaydi, degan tushuncha yo'q. Raqibga qarayman va u yoki bu uchrashuvda futbolchilardan qaysi biri foydaliroq bo'lishini baholayman.
Hozir bor etiborimizni "Vest Xem"ga qarshi o'yinga qaratganmiz. Tarkib yaqin orada aniqlanadi", – dedi niderlandiyalik murabbiy.
"Manchester Yunayted" – "Vest Xem" uchrashuvi 30 oktyabr kuni Manchestyerdagi "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi.



