Tebas Klublar o'rtasidagi jahon chempionati haqida: "Bu turnirdan qutulish kerak, yana bir turnir uchun joy yo'q"

Administrator
17 iyun 2025
Xaver Tebas klublar jahon chempionatini yangi formatda o'tkazishga qarshi chiqdi.

- FIFA kelajakda klublar jahon chempionatini qanday takomillashtirishi mumkin?

- Undan qutulish kerak. Maqsadim - klublar jahon chempionatlari boshqa o'tkazilmasligi, buni qatiy takidlayman. Ularga joy yo'q. Klublar va futbolchilarga pul keltiradigan yana bir musobaqaga ehtiyoj yo'q. Bu model milliy ligalarning butun tizimiga, ayniqsa Yevropaga ta’sir qiladi, audiovizual huquqlar sohasida pul qolmagan.

Biz mavjud tizimni saqlab qolishimiz va turnirni bekor qilishimiz kerak. [Klublar jahon chempionatini] avvalgidek, asosan bir dam olish kunida o'tkaziladigan holatda saqlab qolish lozim. Bo'sh sanalar yo'q.

- Klublar jahon chempionati o'yinlarini tomosha qildingizmi?

- "Chelsi"ning ["Los-Anjeles" bilan] o'yinini biroz kuzatdim va bu mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuviga o'xshardi. Men ko'rgan 25 daqiqam davomida hech qanday jiddiylikni sezmadim," - dedi La Liga prezidenti.


AdministratorMuallif
Manba: ESPN