Xaver Tebas: "PSJning Fransiyadagi hukmronligi boshqalarning sukutiga asoslangan"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
La Liga prezidenti Xaver Tebas Fransiya futbolidagi mavjud vaziyat va PSJ klubining ta’siri haqida keskin fikr bildirdi.

Tebasning takidlashicha, Parij klubining haddan tashqari katta mavqega ega bo'lishiga boshqa jamoalarning jim turishi sabab bo'lmoqda. "Men boshqa klublar nima deyotganini eshityapman. Biroq PSJning kuchi hammaning sukutiga asoslangan. Sukut esa sheriklikni keltirib chiqaradi. Ular shunchaki hech narsa qilishga botina olishmayapti", - dedi Ispaniya futboli rahbari.

Shuningdek, Tebas Fransiya futbolidagi ushbu dinamikani o'zgartirish kerakligini qo'shimcha qildi: "Bu PSJ Fransiyadagi eng yaxshi jamoa bo'lmay qolishini anglatmaydi. Ammo eng zo'r bo'lish uchun bunchalik katta hokimiyatga ega bo'lish shart emas".

Eslatib o'tamiz, Xaver Tebas doimiy ravishda davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan klublarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe