Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2014, 12:45
Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Birinchi Liga
Orolga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan Xorazm hujumchisi Nozimjon Norov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Xorazmga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan Orol yarim himoyachisi Samat Polvonov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Gulistonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqib shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Zomin himoyachisi Sirojiddin Allaev 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Oqtepaga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga bir necha bor nomaqul fikrlarni bildirgani uchun ikki ogohlantirishdan so'ng maydondan chetlatilgan NBU-Osiyo hujumchisi Andrey Sidorov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

G'ijduvonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal-2 himoyachisi Shohjahon Qilichev 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

G'ijduvonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal murabbiyi B. Sattorov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Xotira-79ga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng, hakam yordamchisiga qarshi kuch ishlatishga shaylanib, so'ng maqsadidan qaytgani uchun chetlatilgan Chust-Paxtakor himoyachisi Bobur Aminjonov 1ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Chust-Paxtakorga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng Chust-Paxtakor vakilini haqorat qilgani uchun chetlatilgan Xotira-79 yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliev 1ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
Nasafga qarshi 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz