Tarkibdan joy kafolatlangan Argentina terma jamoasi futbolchilarini bilasizmi?

Sherzod Nurmatov
27 mar 2024, 16:25
Argentina terma jamoasining tarkibdan joy kafolatlangan futbolchilari nomi ma'lum qilindi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni navbatdagi turnirda ishtirok etishi kafolatlangan futbolchilar nomini aytdi.

"Faqat Messi va Di Mariyaga Amerika Kubogi uchun tarkibdan joy kafolatlangan", – dedi mutaxassis.

Amerika Kubogi joriy yilning yozida AQSHda 20 iyundan 14 iyulga qadar bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Avvalroq Di Mariya Amerika Kubogi Argentina termasi bilan so'nggi turniri bo'lishini aytgandi. Messi esa hali terma jamoadagi kelajagi haqida bir qarorga kelmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports