

"A" guruhidan o'rin olgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun Saudiya Arabistonida "Al Taavon" mehmoni bo'ladi.
Saytimiz va "Lokomotiv" klubi bilan hamkorlikda tanlov e'lon qilamiz. "Temiryo'lchilar"ning bugungi uchrashuvda tushadigan asosiy tarkibini to'g'ri topgan o'quvchiga 27 fevral sanasida Toshkentda o'tadigan "Lokomotiv" - "Al Ahli" uchrashuviga ikkita chipta taqdim etiladi. Eslatib o'tamiz, ikkita chipta asosiy tarkibni birinchi bo'lib topgan o'quvchiga beriladi. Taxminlarni 14:00gacha yozishingiz mumkin, undan keyingi taxminlar qabul qilinmaydi.


