Talyafiko "Barselona"ga o'tmaydi, klublar kelisha olishmadi

Alisher
31 yanv 2022, 16:28
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko yaqin orada "Barselona" o'yinchisiga aylanmaydi.

"Barselona" va "Ayaks" barchani qoniqtiradigan bitimni tuza olishmadi, shunday ekan, Talyafiko Amstyerdamda qoladi.

"Ayaks" o'yinchini xarid qilishni taklif qildi, ammo "Barsa" uni faqat ijaraga olishga tayyor. Shuningdek almashinuv taklif etildi, ammo bu variant amstyerdamliklarni qanoatlantirmadi. Muzokaralar yopildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bunga qadar Argentinaning "Banfild" va "Independente", shuningdek Ispaniyaning "Real Mursiya" jamoasida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Marca