Tailand. Guseynov va "Chainat" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2017
Tailand birinchi divizionida 1-tur o'yinlar davom ettirildi.

Hamyurtimiz Javlon Guseynov o'ynayotgan "Chainat Xornbill" klubi o'z maydonida "Chiangmai" klubini qabul qilib 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Mashhur fransiyalik Sinama Ponol dublga erishdi.

Guseynov yangi klubi safida rasmiy o'yinda debyut qildi. "Chainat" navbatdagi o'yinni 17 fevral kuni "Samut Songxram"ga qarshi safarda o'tkazadi.

"Chainat Xornbill" - "Chiangmai" 4:1
Gollar:
Sinama Ponol 24, 71, Txanat 78, 83 - Jo T.K 56



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia